«sezilgan inflyatsiya» tegli maqolalar


Yanvarda aholiga eng ko‘p elektr va tabiiy gaz narxi oshgani sezildi
10 fevral 2025, 15:07

Yanvarda aholiga eng ko‘p elektr va tabiiy gaz narxi oshgani sezildi

Yanvar yakunlariga ko‘ra, aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi dekabrga nisbatan o‘zgarishsiz qolib, 14,7 foizni tashkil etdi. Aholi oy davomida eng ko‘p elektr energiyasi, gaz, go‘sht va tuxum narxlarida yuqori o‘sish kuzatilgani qayd etdi.

Dekabrda aholi eng ko‘p go‘sht, sut va benzin narxi oshganini sezdi
15 yanvar 2025, 14:12

Dekabrda aholi eng ko‘p go‘sht, sut va benzin narxi oshganini sezdi

Dekabr oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi o‘tgan oyga nisbatan tezlashib, 14,7 foizni tashkil etdi. Bu 2023-fevralidan buyon eng yuqori ko‘rsatkich. Oy davomida aholiga eng ko‘p go‘sht, sut, benzin, elektr energiyasi va tabiiy gaz narxi oshgani sezildi.

Noyabrda O‘zbekistonda sezilgan inflyatsiya darajasi oxirgi 15 oydagi maksimumga yetdi
12 dekabr 2024, 17:26

Noyabrda O‘zbekistonda sezilgan inflyatsiya darajasi oxirgi 15 oydagi maksimumga yetdi

Noyabrda O‘zbekiston aholisi orasida sezilgan inflyatsiya darajasi 14,1 foizgacha ko‘tarildi, deya xabar berdi Markaziy bank. Bu oxirgi 15 oydagi maksimal ko‘rsatkich hisoblanadi. Respondentlarning aksariyati go‘sht, sut, benzin, yoqilg‘i, elektr energiyasi va gaz narxlari keskin oshganini qayd etgan.

Avgustda o‘zbekistonliklar go‘sht, elektr, gaz, benzin, propan narxlari oshganini ko‘proq his qildi — MB so‘rovnomasi
13 sentabr 2024, 19:18

Avgustda o‘zbekistonliklar go‘sht, elektr, gaz, benzin, propan narxlari oshganini ko‘proq his qildi — MB so‘rovnomasi

Avgustda O‘zbekiston aholisiga sezilgan inflyatsiya 13,6 foizgacha o‘sdi, deb xabar berdi MB. Go‘sht va sut, benzin, metan va propan, neft narxlari keskin oshganini aytgan respondentlarning ulushi sezilarli darajada ortdi. Iyuldagi so‘rovnomada narxlar yuqorilashi bo‘yicha elektr va gaz birinchi o‘rinni egallagandi.

May oyida sezilgan inflyatsiya darajasi 14 foizni tashkil etdi
12 iyun 2024, 11:23

May oyida sezilgan inflyatsiya darajasi 14 foizni tashkil etdi

May oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi aprelga nisbatan biroz tezlashib, 14 foizni tashkil qildi. Eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida kuzatildi (17,4 foiz). Oy davomida aholi eng ko‘p dorilar, benzin va yonilg‘i, shuningdek, qurilish mollari narxi ko‘tarilganini sezdi.

Aprelda sezilgan inflyatsiya darajasi biroz tezlashdi. Dorilar narxi oshganini qayd etganlar keskin ko‘paydi
15 may 2024, 16:22

Aprelda sezilgan inflyatsiya darajasi biroz tezlashdi. Dorilar narxi oshganini qayd etganlar keskin ko‘paydi

Aprel oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi o‘tgan oyga nisbatan biroz tezlashib, 13,7 foizni (+1 foiz) tashkil etdi. Respondentlar orasida dorilar va tibbiy xizmatlar narxi keskin oshganini qayd etganlar soni sezilarli darajada ko‘paydi.

Martda sezilgan inflyatsiya darajasi 12,7 foiz bo‘ldi. Eng ko‘p yonilg‘i va meva-sabzavot narxlari oshgani sezildi
15 aprel 2024, 14:39

Martda sezilgan inflyatsiya darajasi 12,7 foiz bo‘ldi. Eng ko‘p yonilg‘i va meva-sabzavot narxlari oshgani sezildi

O‘zbekistonda mart oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi 12,7 foizni tashkil etdi (fevralga nisbatan o‘zgarishsiz). Aholi eng ko‘p yonilg‘i, meva-sabzavotlar, go‘sht va sut narxi oshganini sezdi. Shakar va qandolat narxi oshganini qayd etgan respondentlar ko‘paydi.

MB so‘rovnomasi ishtirokchilari fevral oyida benzin va taksi narxlari keskin oshganini ta’kidladi
11 mart 2024, 21:37

MB so‘rovnomasi ishtirokchilari fevral oyida benzin va taksi narxlari keskin oshganini ta’kidladi

Fevral oyida sezilgan inflyatsiya darajasi 12,7 foizga tushdi. Gaz tanqisligi tufayli metan “zapravka"lar yopilishi fonida MB o‘tkazgan so‘rovnomada benzin narxi va yo‘lkira xarajatlari keskin oshganini ta’kidlagan respondentlar ulushi ortdi.

Noyabrda aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi 12,7 foiz bo‘ldi
18 dekabr 2023, 10:58

Noyabrda aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi 12,7 foiz bo‘ldi

O‘zbekistonda noyabr oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi 12,7 foizni tashkil etib, oktabrga nisbatan 0,7 foizga pasaydi. Eng yuqori daraja pensionerlar va ta’lim sohasi vakillari tomonidan qayd etildi.

MB so‘rovida qatnashganlarning aksariyati sentabrda non va un narxi sezilarli oshganini qayd etdi
11 oktabr 2023, 10:33

MB so‘rovida qatnashganlarning aksariyati sentabrda non va un narxi sezilarli oshganini qayd etdi

Sentabrda O‘zbekistonda sezilgan inflyatsiya darajasi 13,3 foizgacha pasaydi. Daromadi 10 mln so‘mgacha bo‘lgan respondentlarning aksariyati non va un, 10−15 mln so‘m bo‘lganlar benzin va yoqilg‘i, 15 mln so‘mdan yuqori bo‘lganlar esa meva va sabzavotlar narxi sezilarli darajada oshganini qayd etdi.

O‘zbekistonda sezilgan va rasmiy inflyatsiya o‘rtasidagi farq 5,5 foizga yetdi
13 sentabr 2023, 17:13

O‘zbekistonda sezilgan va rasmiy inflyatsiya o‘rtasidagi farq 5,5 foizga yetdi

Avgust oyida O‘zbekistonda sezilgan inflyatsiya darajasi keskin oshib, 14,5 foizni tashkil etdi. Bu rasmiy yillik inflyatsiyadan 5,5 foizga yuqori. Respondentlarning aksariyati go‘sht, sut va yonilg‘i narxlari oshishini his qilgan.

Iyun oyida O‘zbekistonda sezilgan inflyatsiya minimal darajaga yetdi
17 iyul 2023, 12:54

Iyun oyida O‘zbekistonda sezilgan inflyatsiya minimal darajaga yetdi

O‘zbekistonda sezilgan inflyatsiya darajasi iyun oyida minimal darajaga — 12,9 foizga yetdi, bu rasmiy yillik inflyatsiyadan 3,9 foizga yuqori. Narxlar o‘sishi tarmoq va hududlar kesimida, shuningdek, turli daromadga ega aholi guruhlari o‘rtasida qanday qabul qilinayotgani haqida asosiy ma’lumotlar.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting